Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu Quvaytni tabrikladi

Mevlut Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Quvaytga borar ekan u yerda Quvayt Amiri Shayx Navvof al - Ahmad al - Jobir as - Saboh tomonidan qabul qilindi.

1580299
Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu Quvaytni tabrikladi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Quvaytga borar ekan u yerda Quvayt Amiri Shayx Navvof al - Ahmad al - Jobir as - Saboh tomonidan qabul qilindi.

Ushbu qabul ortidan ijtimoiy tarmoq Twitterda qoldirgan postida Chavusho‘g‘lu, Quvaytning o‘rtamchiligi orqali Ko‘rfazda bundan buyon ijobiy tusdagi muhit borligiga e’tibor qaratib,

“Muvaffaqiyatli diplomatik say - harakatlari munosabati bilan Quvaytni tabriklayman”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko‘ra Mevlut Chavusho‘g‘lu Quvaytga bo‘lgan tashrifi doirasida valiahd shahzoda, Shayx Mash’al al - Ahmad al - Jobir as - Saboh bilan ham uchrashgan.

Quvayt Tashqi Ishlar vaziri Ahmad Nosir Muhammad as - Saboh bilan uchrashgan Chavusho‘g‘lu Twitter hisobida qoldirgan postida, kasbdoshi bilan ikkala mamlakat munosabatlarini har jihatdan qo‘lga olganliklarini belgilab o‘tgan holda,

“Iroq, Suriya va Liviyadagi oxirgi vaziyatni baholadik. Mudofaa, sog‘likni saqlash, madaniyat va ta’lim sohasi doxil hamkorligimizni har tarmoqda rivojlantiramiz”. - dedi.


Tanlangan kalimalar: #Mevlut Chavusho‘g‘lu , #Quvayt

Aloqador xabarlar