Turkiya va Gruziya o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganiga 100 yil to’ldi!

Bundan 100 yil muqaddam, 1921 yil 8 fevralda Gruziya Demokratik Respublikasining favqulodda va muhtor elchisi Simon Mdivani Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturkka ishonch maktubini topshirgandi.

1579680
Turkiya va Gruziya o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganiga 100 yil to’ldi!

 

Turkiya bilan Gruziya o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganiga 100 yil to’ldi!

Shu munosabat bilan Gruziya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

Bayonotda bundan 100 yil muqaddam, 1921 yil 8 fevralda Gruziya Demokratik Respublikasining favqulodda va muhtor elchisi Simon Mdivani Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturkka ishonch maktubini topshirganligi eslatildi.

Qolaversa, Gruziyaning mustaqillikka erishishi bilan 1990 yillardan beri ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarda yangi davr boshlanganligi qayd etildi.

“Gruziya bilan Turkiya o’rtasidagi strategik sheriklik do’stlik va yaxshi qo’shnichilik munosabatlari bilan yana-da faollashdi. Turkiya Respublikasi Gruziyaning hududiy yaxlitligi, suverineti va YevroAtlantika sog’inchining kuchli himoyachisidir”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Gruziya , #Turkiya

Aloqador xabarlar