Turk qizil yarim oy jamiyati Somali hukumati bilan protokol imzoladi

Turk qizil yarim oy jamiyati Mogadishudagi markaziy qamoqxonada jazo muddatini o’tayotgan ayol mahbuslar uchun tikuvchilik chexi qurib beradi. Unda mahbus ayollarni jamiyatga foydali shaxslar qilib yetkazish va ularni tarbiyalash maqsad qilingan.

1574652
Turk qizil yarim oy jamiyati Somali hukumati bilan protokol imzoladi

 

Turk qizil yarim oy jamiyati Somali qamoqxonalarida jazo muddatini o’tayotgan mahbuslarni jamiyatga foyda keltiradigan insonlar qilib tarbiyalashga hissa qo’shmoqchi.

Shu maqsad bilan Somali hukumati va Turk qizil yarim oy jamiyati o’rtasida protokol imzolandi.

Mazkur hujjatga Turk qizil yarim oy jamiyati direktori Kerem Kinik bilan Somali adolat vaziri Abdulkarim Muhammad Nur imzo chekdi.

Hujjatga muvofiq, Mogadishudagi markaziy qamoqxonada jazo muddatini o’tayotgan ayol mahbuslar uchun Turk qizil yarim oy jamiyati tomonidan tikuvchilik chexi tashkil etiladi. Unda mahbus ayollarni jamiyatga foydali shaxslar qilib yetkazish va ularni tarbiyalash maqsad qilingan. U yerda ayollarga tikuvchilik sirlari o’rgatiladi. Bu ular uchun katta amaliy yordam bo'libgina qolmay, jamiyatda o'z o'rnini topishiga imkon yaratadi.


Tanlangan kalimalar: #Somali , #Turk qizil yarim oy jamiyati

Aloqador xabarlar