TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

TQKning terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda

1567367
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriyada “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqaga sizib kirishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqaga sizib kirish tashabbusiga yana bir bor monelik qilindi. Tinch va xavfsiz muhitni buzish uchun hujum uyushtirishga tashabbus qilgan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist, qahramon askarlarimiz tomonidan yo‘q qilindi”. - deyildi.

Undan tashqari, ko‘ndirish yo‘li orqasli PKK/ KJK dan qochgan 1 terrorist xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lgan.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, taslim bo‘lgan tashkilot mansubi tashkilot tarkibiga 2013 - yili qo‘shilgan va oxirgi marotaba Iroqda faoliyat olib borgan.

Bu orqali 2021 - yili ko‘ndirish yo‘li orqali taslim bo‘lgan terrorist soni 10 nafarga yetgan.

 



Aloqador xabarlar