Akar: “Turkiyaning barcha kurashi terror va terroristlarga qarshi”.

Hulusi Akar hamrohligidagi Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab boshqarmasi raisi general Yashar Gulerning ham ishtirokidagi hay’at bilan Iroq poytaxti Bog‘dodga uyushtirgan tashrifi ortidan kecha oqshom Arbilga o‘tdi.

1566929
Akar: “Turkiyaning barcha kurashi terror va terroristlarga qarshi”.
akar ırak 2.jpg

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar,

“Barcha kurashimiz terror tashkilotiga qarshi. O‘rtamizdagi hamkorlikni mustahkamlash va PKK terror tashkilotiga qarshi qarorli ravishda turishimiz lozim”. - dedi.

Hulusi Akar hamrohligidagi Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab boshqarmasi raisi general Yashar Gulerning ham ishtirokidagi hay’at bilan Iroq poytaxti Bog‘dodga uyushtirgan tashrifi ortidan kecha oqshom Arbilga o‘tib u yerda, IKMM Bosh vaziri Masrur Barzoniy bilan sobiq IKMM rahbari va KDP lideri Mas’ud Barzoniy bilan alohida - alohida uchrashuv o‘tkazdi.

Hulusi Akar bilan general Yashar Guler Arbildagi tashrifi chog‘ida avvalom bor sobiq IKMM rahbari va KDP lideri Barzoniy bilan uchrashdi.

Iroqda DEASh terror tashkilotiga qarshi muhim muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilganini belgilab o‘tgan Akar,

“Boshqa terror tashkilotlari bilan ham kurashib, ularni ham yo‘q qilish orqali katta muvaffaqiyatga erishasiz degan fikrdaman”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

PKK terror tashkilotining giyohvandlik, qurol - yaroq va inson savdosi jinoyatiga qo‘l urgan qo‘li qonli xalqaro tashkilot ekanini ta’kidlagan Akar,

“PKKning haqiqiy yuzini Iroqda bir necha qatlam aniq ko‘rib turipdi. PKK, mintaqa xalqining ham dushmanidir. Bu terror tashkiloti mintaqa xalqi va kurd birodarlarimiz vakili emasdir. Aksincha, ularga ziyon yetkazganini necha yillardan beri ta’kidlab kelayapmiz”. - deya gapirdi.

Turkiyaning barcha kurashining terror va terroristlarga qarshi ekanini ta’kidlagan Akar,

“Barcha kurashimiz terror tashkilotiga qarshi. O‘rtamizdagi hamkorlikni mustahkamlash va PKK terror tashkilotiga qarshi qarorli ravishda turishimiz lozim. Bundan maqsad birlik va birdamlik ichida PKK terror tashkiloti muammosini hal qilib, chegara xavfsizligimizni ta’minlash va qo‘shnilarimiz bilan tinch yashashdir”. - dedi.

Hulusi Akar va general Guler ushbu uchrashuv ortidan Bosh vazirlik binosiga o‘tib u yerda, Bosh vazir Masrur Barzoniy bilan uchrashdi.

Ikki kundan beri ijobiy va konstruktiv tusda uchrashuvlar olib borganliklarini qayd etgan Akar,

“Mushtarak madaniyatimiz, tariximiz va qo‘shnichilik munosabatlarimiz bizlarga muhim javobgarchiliklar yuklamoqda”. - deya gapirdi.

Masrur Barzoniy esa Akar va Gulerni mehmon qilishdan qanchalik xursand ekanliklarini ifoda etdi.

Uchrashuvlar, suratga olish jarayoni ortidan matbuotga yopiq ravishda davom etdi.  


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Yashar Guler , #Iroq , #Arbil

Aloqador xabarlar