Turk askarlarining Suriyadagi yordam faoliyatlari davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining Suriyada, “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqada yordam berish faoliyatlari uzluksiz davom etmoqda.

1565672
Turk askarlarining Suriyadagi yordam faoliyatlari davom etmoqda

Suriyada “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqada xizmat qilgan turk askarlari tomonidan 44 kishiga oziq - ovqat jihatidan yordam berilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqada yordam berish faoliyatlari uzluksiz davom etmoqda.

Shu doirada Henbel qishlog‘idagi Tugay qo‘mondonligi tomonidan qishloq aholisidan 44 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga oziq - ovqat jihatidan yordam berildi.

Suriyaning shimolidagi “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqa, Turk Qurolli kuchlari tomonidan 2019 - yilning noyabr oyida YPG/ PKK terror tashkilotidan qutqarilgandi.  



Aloqador xabarlar