Turkiya, Qatar bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi kelishuvni xursandchilik bilan qarshi oldi

Saudiya Arabistoni bilan Qatar quriqlik, dengiz va havo chegaralarining bugun oqshomdan e’tiboran ochilishi borasida kelishib oldi.

1557561
Turkiya, Qatar bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi kelishuvni xursandchilik bilan qarshi oldi

Turkiya, Qatar bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasida quriqlik, dengiz va havo chegaralarining ochilishi haqidagi qarorini xursandchilik bilan qarshi oldi.

Tashqi Ishlar vaziriligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Qatar bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasida quriqlik, dengiz va havo chegaralarining ochilishi haqida qabul qilingan qarorni xursandchilik bilan qarshi olyapmiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Buning Ko‘rfaz mintaqasida 2017 - yilning iyun oyidan beri davom etgan maummoning hal qilinishi jihatidan shaxdam qadam tashkil etgani eslatib o‘tilgan bayonotda,

“Quvayt bosh bo‘lish bilan birga olib borilgan o‘rtamchilik va qulaylashtiruvchilik faoliyatlari bilan nomi tilga olingan qarorning qabul qilinishiga hissa qo‘shgan xalqaro aktyorlarning say - harakatlari olqishga sazovordir. Umid qilamizki, bu muammo mamlakatlarning mustaqilligiga bo‘lgan o‘zaro hurmat asosida butunlay hal bo‘ladi. Ko‘rfaz hamkorligi kengashining strategik sherigi va Ko‘rfaz mintaqasining xavfsizligi bilan barqarorligiga alohida ahamiyat bergan yurtimiz, bu boradagi barcha say - harakatlarni qo‘llab - quvvatlashni davom etadi”. - deyildi.

Quvayt Tashqi Ishlar vaziri Ahmad Nosir Muhammad as - Saboh, Saudiya Arabistoni bilan Qatar o‘rtasidagi quriqlik, dengiz va havo chegaralarining bugun oqshomdan e’tiboran ochilishi uchun kelishib olinganini ma’lum qilgandi.



Aloqador xabarlar