Chavusho‘g‘lu Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Bangladeshda Bosh vazir Shayx Hasina bilan uchrashdi.

1551090
Chavusho‘g‘lu Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Bangladeshda bo‘lar ekan u yerda Bosh vazir Shayx Hasina bilan uchrashdi.

Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu Twitter hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida, Bangladeshda Bosh vazir Shayx Hasina bilan uchrashganini qayd etdi.

Chavusho‘g‘lu unda,

“Bosh vazir Shayx Hasinaga Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning salomlarini yetkazdik. Elchixonamiz binosi qurilishiga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiraman. Barqaror rivojlanishi bilan Janubiy Osiyoning porlayotgan yulduzi Bangladesh, “Takror Osiyo” deb nomlangan tashabbusimizning eng muhim sheriklaridandir”. - dedi.

Twitterdagi postida Turkiyaning ko‘p qirrali tashqi siyosat yo‘ndashuvi bo‘lgan “Takror Osiyo” doxilida Turkiya bilan Osiyo mamlakatlari orasida savdo, investitsiya, ta’lim - tarbiya, mudofaa sanoati, texnologiya, madaniyat va siyosat tarmoqlarida muloqatning orttirilishida katta ahamiyat kasb etganini ta’kidlagan Chavusho‘g‘lu,  

“Takror Osiyo yo‘ndashuvi bilan Turkiyaning moliyaviy investitsiyalarining geografik taqsimotini diversifikatsiya qilish, xususiy tarmoq savdo hajmining kengaytirilishi, akademik hamkorligining rivojlantirilishi va ijtimoiy aloqaning orttirilishi ko‘zda tutilmoqda. Bangladesh, jonli iqtisodiyoti va yosh aholi soni bilan Turkiyaning Yangi Osiyo tashabbusidagi eng asosiy sheriklaridan biri sifatida ajralib turadi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

 



Aloqador xabarlar