Yevropadan Turkiyaga aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatildi

Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja twitter orqali ma’lum qilishicha, koronavirusga qarshi cheklovlar doirasida Turkiyaga parvoz qilgan yo’lovchilar virusga qarshi test qilinadi va ularga nisbatan karantin choralari qo’llaniladi.

1548753
Yevropadan Turkiyaga aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatildi

 

Yevropaning qator mamlakatlari jumladan, Britaniya, Daniya, Niderlandiya va Janubiy Afrikadan Turkiyaga aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatildi.

Bu haqda Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja twitter orqali ma’lum qildi.

“Britaniya bilan aviaqatnovlarning to‘xtatilishiga sabab qirollikda koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi tobora keng tarqalmoqda. Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo’g’anning buyrug’iga binoan, Britaniya, Daniya, Niderlandiya va Janubiy Afrikadan Turkiyaga aviaqatnovlar vaqtincha to’xtatildi”,-deb aytgan Faxriddin Koja twitterda.

Shuningdek, koronavirusga qarshi cheklovlar doirasida Turkiyaga parvoz qilgan yo’lovchilar virusga qarshi test qilinadi va ularga nisbatan karantin choralari qo’llaniladi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lum qilishicha, Britaniyada koronavirusning to‘rtinchi to’lqini e'lon qilingan. Mamlakatda keskin karantin choralari joriy etilmoqda.  Britaniyada keng tarqalib borayotgan koronavirusning mutatsiyaga uchragan yangi turi Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham kuzatilgan.
 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #aviaqatnov , #Britaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar