Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy Turkiyaga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon avvalo Mustafo Kamol Otaturk mavzoleyi joylashgan Anitkabirni ziyorat qildi. Otaturk qabriga gulchambar qo'ydi, hurmat bajo keltirdi.

1547362
Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy Turkiyaga tashrif buyurdi
erdogan kazımi.jpg

 

Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning taklifiga binoan Anqaraga tashrif buyurdi.

 

Oliy martabali mehmon avvalo Mustafo Kamol Otaturk mavzoleyi joylashgan Anitkabirni ziyorat qildi. Otaturk qabriga gulchambar qo'ydi, hurmat bajo keltirdi. Anitkabir xotira daftariga taassurotlarini yozib imzo chekdi.

So'ngra, Mustafo al-Kozimiy prezident saroyida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

 

Erdo'g'an va Kozimiy o'zaro va hay'atlararo uchrashuvlardan so'ng matbuot anjumani o'tkazadi. Shuningdek, ikki davlat o'rtasida bir qator shartnomalarni imzolash marosimida ishtirok etadi.

Erdo'g'an bugun prezident saroyida Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy sharafiga rasmiy ziyofat beradi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Mustafo al-Kozimiy , #Turkiya , #Iroq

Aloqador xabarlar