Erdo‘g‘an:"AQSh sanksiyalari Turkiyaning suveren huquqlariga qarshi hujumdir"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilgani uchun AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalarni mamlakat suveren huquqlariga qarshi amalga oshirilgan hujum deb baholadi.

1546663
Erdo‘g‘an:"AQSh sanksiyalari Turkiyaning suveren huquqlariga qarshi hujumdir"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualarini xarid qilgani uchun AQSh tomonidan kiritilgan sanksiyalarni mamlakat suveren huquqlariga qarshi amalga oshirilgan hujum deb baholadi.

"Bu qaror – mamlakatimizning suveren huquqlariga qarshi amalga oshirilgan hujum. AQShning asl maqsadi mamlakatimizning mudofaa sanoatida amalga oshirayotgan ulkan tashabbuslarini oldini olish va bizni o’ziga qaram qilishdir”,-dedi Turkiya prezidenti.

“AQShning o’z raqiblariga qarshi sanksiya orqali kurash qonuni (CAATSA) asosida shu kungacha Turkiyadan boshqa biron davlatga sanksiya joriy etmagan. Ilk bor NATOga a’zo bo’lgan bir davlatga sanksiya qo’lladi”,-deb ilova qilgan Turkiya prezidenti Erdo’g’an.

“Raketaga qarshi mudofaa tizimlarini sotib olish masalasida bizning talablarimizga javob bermagan AQSh, ehtiyojimizni boshqa davlatdan ta’minlaganimiz uchun bizga sanksiya qurolini o’qtaldi. Bu qaror – mamlakatimiz suverenitetiga tajovuzdir”,-dedi prezident Erdo’g’an.

“Sanksiya qo’yxatiga olingan Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir va uning hamkasblarini bundan keyin yana ham yaxshiroq qo’llab-quvvatlaymiz. Biz endilikda mudofaa sanoatimizni yanada mustaqil qilish uchun ikki barobar ko‘proq ishlaymiz", - dedi Turkiya prezidenti.

Eslatma: AQSh 15 dekabr kuni Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olgani uchun Turkiyaga sanksiya kiritdi.

Ushbu sanksiyalar Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir va yana uch mansabdor shaxsiga nisbatan joriy etilgan.

Sanksiyalar Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasiga litsenziyalar va eksportga ruxsat berishni taqiqlash hamda boshqarma rahbari Ismoil Demir va ba'zi vakillarning AQShdagi aktivlari muzlatilishini ko‘zda tutadi.



Aloqador xabarlar