Mavlud Chavusho'g’li Marokash TIV rahbari bilan muloqot qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li Marokash qirolligi tashqi ishlar vaziri Nosir Burita bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda Isroil va Marokash diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishganligi muhokama qilindi.

1543469
Mavlud Chavusho'g’li Marokash TIV rahbari bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li Marokash qirolligi tashqi ishlar vaziri Nosir Burita bilan telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, suhbat chog’ida Isroil va Marokash diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishganligi bo’yicha fikr almashildi.

Mavlud Chavusho'g’li har bir davlat xohlagan biron davlat bilan diplomatik aloqa o’rnatishi mumkin, biroq buning Falastinda tinchlik o’rnatish jarayoniga putur yetkazishiga qarshi ekanligini ta’kidladi.

Mavlud Chavusho'g’li ayni vaqtda Jazoir tashqi ishlar vaziri Sabri Bukadum bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Mazkur muloqot tafsilotlari haqida ma’lumot berilmadi.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Marokash diplomatik munosabatlar o‘rnatishga kelishib olganini ma'lum qilgandi. Shuningdek, G’arbiy sahroda Marokash hokimiyatini tan olganligiga doir bayonnoma imzolaganligini e’lon qilgandi.

Bundan avval, Sudan va Isroil munosabatlarni yaxshilashga kirishgandi. Shuningdek, Vashingtonda Isroil BAA va Bahrayn bilan aloqa o‘rnatish bo‘yicha kelishuv imzolagandi.

Falastin mazkur kelishuvlarga qarshi chiqqandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Marokash , #Mavlud Chavusho'g’li , #Turkiya

Aloqador xabarlar