Bu yil yanvar oyidan beri 218 nafar terrorist taslim bo‘ldi

Bu yil yanvar oyidan beri 218 nafar terrorist turk xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi.

1538765
Bu yil yanvar oyidan beri 218 nafar terrorist taslim bo‘ldi

Bu yil ko‘ndirish yo‘li orqali 218 nafar terror tashkiloti a’zosi taslim bo‘ldi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga kora PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlarning taslim bolishlari davom etmoqda.

Shu doirada Ichi Ishlar vazirligi bilan Jandarmeriya qo‘mondonligi va Milliy Politsiya idorasi hamkorligida ko‘ndirish yo‘li orqali olib borilgan faoliyatlar natijasida, PKK terror tashkilotidan qochgan yana 2 terror tashkiloti a’zosi xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘lgan.

Tashkilot a’zolarining 2014 va 2015 yillar orasida terror tashkilotiga qo‘shilgani va Suriyada faoliyat olib borganiga aniqlik kiritilgani ma’lum qilingan bayonotda shuningdek, yuritilgan ko‘ndirish faoliyatlari natijasida 1 – yanvardan beri taslim bo‘lgan tashkilot a’zolari sonining 218 nafarga chiqqani ifoda etildi.



Aloqador xabarlar