Ibrahim Eren “TRT World Forum” loyihasining niyat va maqsadlariga e’tibor qaratdi

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi Bosh direktori Ibrahim Eren, “TRT World Forum” loyihasining niyat va maqsadlariga e’tibor qaratdi.

1535397
Ibrahim Eren “TRT World Forum” loyihasining niyat va maqsadlariga e’tibor qaratdi

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) Bosh direktori Ibrahim Eren, “TRT World Forum”da har doim bo‘lganidek bu yil ham dunyo kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutilganini bildirdi.  

Ibrahim Erenning qayd etishicha “TRT World Forum” ning to‘rtinchisi bu yil, “Pandemiyadan keyingi xalqaro tartib va o‘zgargan dinamikalar” degan nom ostida 1 – 2 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu forum loyihaga aylantirilgan birinchi kunlarda inson va vijdon markazga olingan tushuncha bilan global muammolarning hal qilinishi uchun turli takliflar taqdim etgan xalqaro muzokara platformasini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ortda qolgan 3 yil davomida esa rejalar, kutilganidan ham a’lo darajada amalga oshirilgan.

“TRT World Forum”ning bu yil yangi turdagi koronavirus (Covid – 19) pandemiyasi yuzasidan online tarzda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan Eren bu haqida,

“Har doim bo‘lganidek bu yil ham dunyo kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish ko‘zda tutildi. Mana shu eng asosiy mavzular orasida, “Pandemiya davridagi nashriyot va ommaviy axborot vositasining roli”, “Global sog‘liq muammolarini hal qilish uchun mushtarak yo‘l”, “Ish va ta’lim – tarbiya tarmog‘ining kelajagi” va bu davrda “Insonparvarlik yordami” kabi masalalar forumda qo‘lga olinadi”. – deya gapirdi.

Niyat va maqsadlarining nihoyatda aniq ekanini ifoda etgan TRT Bosh direktori Eren, Turkiya joylashgan geografik hudud bosh bo‘lish bilan birga dunyoda, anchadan beri davom etgan izlanish davrining davom etganiga to‘xtaldi.

Eren, o‘zlarining ham ushbu forum orqali mana shu izlanishga hissa qo‘shish va muammoni hal qilish uchun maqul takliflar taqdim etishni, yuz bergan voqealarni butun dunyoga yetkazib berilishiga ko‘maklashishni, turli fikirlarning muhokama qilinishiga zamin yaratish niyatida ekanliklarini ta’kidladi.

TRT Bosh direktori Eren,

“Veb sayti ro‘yhatiga kiritilgan hamma bu yil, ham ochiq ham da paralel majlislar shuningdek, virtual foye zonasiga erishish imkoniga ega. Shu bilan birga ochiq majlislarimizni ijtimoiy tarmoqdagi hisoblarimiz orqali ham kuzatish mumkin. O‘tgan yili 2 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan TRT World Forumga, bu yil online tarzda uyushtirilgani uchun yana – da ko‘pchilikning ishitok etishi kutilmoqda.” – deya gapirdi.

TRTning bugungi kunda ega bo‘lgan imkon va turli ko‘z qarashlari bilan global miqyosda tan olingan markaga aylanganiga e’tibor qaratgan Eren, olib borgan loyihalari va tushuntirish ishlari orqali Turkiyaning axborot vositasi sifatida xalqni qiziqtirgan asosiy masalalarga e’tibor qaratishni, jamiyat kuchiga – kuch qo‘shishni muhim javobgarchilik sifatida qabul qilganliklarini bildirdi.

Ibrahim Eren, TRTning xalqaro platformadagi o‘rnini odamgarchilik, tinchlik – totuvlik va adolatga xizmat qilish orqali davom ettirishga alohida e’tibor berganliklarini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #TRT World Forum , #Ibrahim Eren

Aloqador xabarlar