Erdo’g’an 4-Xalqaro ayollar va adolat sammitida ishtirok etdi

“Raqamli fashizmga qarshi barchamiz birgalikda kurash olib borishimiz zarur”,-deb aytgan Turkiya prezidenti tadbirda so’zlagan nutqida.

1534783
Erdo’g’an 4-Xalqaro ayollar va adolat sammitida ishtirok etdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 4-Xalqaro ayollar va adolat sammitiga videokonferensiya shaklida ishtirok etdi.

“Raqamli fashizmga qarshi barchamiz birgalikda kurash olib borishimiz zarur”,-deb aytgan Turkiya prezidenti tadbirda so’zlagan nutqida.

Erdo’g’an: “Asrlar mobaynida etnik va diniy fashizmning azobini chekdik. Har sohada keng tarqalib borayotgan raqamlashtirishning eng katta zarari ma'lumotlarni nazorat qilishning kuchayib borayotgan monopoliyalashuvidir. Shaxsni ism va raqam shaklida ko’rgan raqamlashtirishning oxiri fashizmga boradi. Raqamli fashizmga qarshi barchamiz birgalikda kurash olib borishimiz zarur. Bunga qarshi yechim yo’llarini qidirishimiz zarur. O’tgan asrdagi urushlarning talofatlarini unutmasligimiz kerak. Raqamlashtirish orqali yangi nohaqliklar paydo bo’lishini oldini olishimiz zarur”,-dedi.

Turkiya oxirgi paytlarda kiber hujumlarga duch kelganligini ta’kidlagan Erdo’g’an: “Chegaralarimiz xavfsizligi qanchalik muhim bo’lsa, bu ma’lumotlarning saqlanishi ham shunchalik muhimdir”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar