Erdo’g’an Turkiya vaksinasi qachon tayyor bo'lishini ma'lum qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an COVID-19ga qarshi Turkiya vaksinasi aprel oyida foydalanishga tayyor bo’lishi ko’zda tutilganligini ma’lum qildi.

1534146

Prezident bu haqda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi majlisida so’zlagan nutqida tilga olgan.

“O’zimiz ishlab chiqargan mahalliy vaksina aprel oyida foydalanishga tayyor bo’lishini rejalayabmiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an COVID-19ga qarshi Turkiya vaksinasi dunyodagi barcha insonlarga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

Shuningdek, dekabr oyi oxiriga kelib Xitoy vaksinasidan foydalanish boshlanishiga umid bildirgan.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiyada epidemiyaning tarqalish tezligini oldi olinmasa, natijasi yana-da og’riqli bo’ladi va yana ham qattiqroq cheklov choralari ko’rilishi mumkin.

“Joriy etilgan cheklov choralari ba’zi qiyinchiliklarni tug’dirishi tabiiy hol. Buni tushunib turibmiz. Xalqimizdan yana ham sabrli bo’lishini kutib qolamiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an.

Aloqador xabarlar