Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

Suhbat chog’ida Turkiya-Rossiya munosabatlari, ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmini oshirish, Tog’li Qorabog’ mojarolari, Suriya va Liviyadagi vaziyat muhokama qilindi.

1533728
Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida Turkiya-Rossiya munosabatlari, ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmini oshirish, Tog’li Qorabog’ mojarolari, Suriya va Liviyadagi vaziyat muhokama qilindi.

Prezident Erdo’g’an Tog’li Qorabog’da tashkil etilgan Turkiya-Rossiya qo’shma markazi tez kunlarda faoliyatini boshlashiga umid bildirdi.

Shu bilan birga, Armanistonning kelishuvda belgilangan majburiyatlarni bajarishdan qochishiga yo’l qo’ymaslik kerakligini, Ozarbayjon va Armaniston mojarolarini tinch yo’l bilan hal qilish maqsadida tashkil etilgan Minsk guruhining sulh kelishuvini tanqid qilishini tushunish qiyin ekanligini tilga oldi.

Ta'kidlanishicha, Turkiya prezidenti Suriyadagi urushni to‘xtatish uchun tezkor va aniq qadamlar zarurligini ta'kidlab, Liviyaning birligi va yaxlitligini himoya qilish uchun siyosiy va harbiy muzokaralarda Turkiya-Rossiya hamkorligi davom etishiga ishonch bildirgan.

Suhbat dar doimgidek, samimiy va do’stona ruhda bo’lib o’tdi.

 



Aloqador xabarlar