TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlari (TQK) ning terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1532495
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

“Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan hududga sizib kirishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan hududga sizib kirish tashabbuslariga yana muvaffaqiyatli ravishda monelik qilingan.

Bayonotda, huzur va xavfsizlik muhitini buzish uchun hujum uyushtirishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist, maxsus topshiriqli harbiylar tomonidan yo‘q qilingani qayd etildi.

Shuningdek Turkiyaning Mardin viloyatiga qarashli Dargechit va Midyat tumanlariga qarashli 4 ta qishloq mahallasida terror tashkiloti PKKga qarshi amaliyot boshlatildi.


Tanlangan kalimalar: #Tinchlik bulog‘i , #YPG , #PKK

Aloqador xabarlar