Hulusi Akar Turkiya-AQSh munosabatlarini baholadi

“AQSh bilan munosabatlarimizda boshqa davlatlar bilan bo’lganidek, ba’zan qiyinchiliklar, ba’zi mavzularda kelishmovchiliklar bor, lekin shuni ta’kidlash joizki, ikki davlat qiyinchiliklarni bartaraf etadigan mustahkam tajribaga ega”,-dedi Hulusi Akar.

1532270
Hulusi Akar Turkiya-AQSh munosabatlarini baholadi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar videokonferensiya shaklida bo’lib o’tgan Halifax xalqaro xavfsizlik forumida ishtirok etdi.

Hulusi Akar tadbirda so’zlagan nutqida Turkiya-AQSh munosabatlariga to’xtaldi.

“AQSh bilan munosabatlarimizda boshqa davlatlar bilan bo’lganidek, ba’zan qiyinchiliklar, ba’zi mavzularda kelishmovchiliklar bor, lekin shuni ta’kidlash joizki, ikki davlat qiyinchiliklarni bartaraf etadigan mustahkam tajribaga ega”,-deb aytgan Hulusi Akar.

Vazirning ta’kidlashicha, ikki davlat azaldan beri kuchli aloqaga ega, ayni vaqtda strategik sherik hisoblanadi.

“Turkiya va AQSh Koreya, Somali, Bolqon davlatlari, Afg’oniston va boshqa turli mamlakatlarda yelkama-yelka ish olib bormoqda. Biroq, afsuski ba’zi mavzular bo’yicha fikr farqi ikki mamlakatning muvaffaqiyatli hamkorligidan ham ko’proq kun tartibdan joy olmoqda. Bu tushuncha haqiqatga soya tushirmoqda va bundan uzoq turish kerak”,-deb aytgan Hulusi Akar.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Hulusi Akar , #Turkiya

Aloqador xabarlar