Shentop, Pompeoning G‘arbiy Sohil tashrifini qoraladi

Mustafa Shentop, Pompeoning G‘arbiy Sohildagi noqonuniy turar – joy punktlariga uyushtirgan tashrifini qoraladi.

1531735
Shentop, Pompeoning G‘arbiy Sohil tashrifini qoraladi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentop Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Maik Pompeoning G‘arbiy Sohildagi noqonuniy turar – joy punktlariga uyushtirgan tashrifini qoraladi.

Shentop Twitter ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida, “Oqsoq o‘rdak”ning noto‘g‘ri iz qoldirishini belgilab o‘tgan holda,

“Xalqaro huquq asoslariga ko‘ra noqonuniy turar – joy punktlariga tashrif uyushtirishi faqatgina oqsoq o‘rdak yetakchisi tomonidangina amalga oshishi mumkin. Tinchlik uchun emas, fitna uchun. Qoralayman”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar