TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1529745
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriyada “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududga sizib kirishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Tinch va xavfsiz muhitni buzish uchun Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan hududga sizib kirishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist, yo‘q qilindi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.  

Shuningdek, Suriya chegaralaridan noqonuniy yo‘llar orqali boshpana izlagan oilalar orasiga aralashib, Turkiyaga kirgan va yirik shaharlarda katta hujum uyushtirihsni ko‘zlagan suriyalik 3 terrorist, Mardinda nazorat ostiga olindi.  

Terroristlar kirgan chegara mintaqasidagi qidiruvda, xalta ichidagi tagliklar orasiga yashiringan va quvirga o‘xshash bomba topildi. Terroristlar, yuborilgan sud organlari tomonidan nazoratga olindi.



Aloqador xabarlar