Turkiya parlamenti Ozarbayjonga turk harbiylarini yuborish masalasini muhokama qiladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ozarbayjonga Turkiya tinchlikparvar kuchlarini yuborish to’g’risidagi farmonga imzo chekdi.

1528618
Turkiya parlamenti Ozarbayjonga turk harbiylarini yuborish masalasini muhokama qiladi

 

Ozarbayjonga Turkiya tinchlikparvar kuchlarini yuborish to’g’risidagi prezidentlik qarornomasi Turkiya parlamenti kun tartibiga havola qilindi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan imzolangan hujjatda do’st va qardosh Ozarbayjonning bosib olingan hududlarini ozod qilish bo’yicha kurash yillardir davom etganligi qayd etildi.

Shuningdek, Armanistonning 27 sentyabrda Tog’li Qorabog’ front chizig’i bo’ylab jangovar jarakatlariga nisbatan javob choralari qo’llagan Ozarbayjon o’zini mudofaa qilish huquqidan foydalanib, boshlagan harbiy harakati natijasida ishg’ol ostidagi hududlarini qutqarish yo’lida katta g’alabaga erishganligi qayd etildi.

Hujjatda ma’lum qilinishicha, Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston o’rtasida tuzilgan kelishuvga muvofiq, Qorabog‘ urushi 10 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:00da rasman to‘xtatildi. Ishg’ol ostidagi ba’zi hududlar Ozarbayjonga qaytarildi. Hududda sulh rejimini kuzatish uchun Rossiya-Turkiya qo‘shma markazi tashkil etiladi. 

Ozrbayjonning talabiga muvofiq, Turkiya Rossiya bilan hamkorlikda tinchlikparvar kuchlari safidan joy oladi.

Shu munosabat bilan prezident qarornomasida Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasida strategik hamkorlik va o’zaro yordam kelishuvida belgilangan majburiyatlarni bajarish, sulh bitimini mustahkamlash, uni buzish holatlarini oldini olish, mintaqada tinchlik va barqarorlik o’rnatish, Turkiyaning manfaatlarini himoya qilish va qo’llab-quvvatlash maqsadida, Turkiya qurolli kuchlarini qo’shma markazda xizmat qilish maqsadida yuborish uchun bir yil muddatga ruxsat berilishi talab qilindi.

 

 



Aloqador xabarlar