TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

TQKning terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1527130
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriyada “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqaga sizib kirishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 14 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, PKK/ YPG terror tashkilotining “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqadagi tinch va xavfsiz muhitni buzishga yo‘l qo‘yilmasligi qayd etildi.

Bayonotda shuningdek, mintaqada har qanday chora va tadbirni olgan maxsus topshiriqli harbiylarning, sizib kirishga tashabbus qilgan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 14 terroristni yo‘q qilgani ma’lum qilindi.

Turk Qurolli kuchlari (TQK) Suriyaning shimolini, “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti (2019 – yilning 9 – oktabrida boshlab 25 – noyabri kuni tugadi) yordamida terrordan qutqargandi.   

 



Aloqador xabarlar