Chavusho‘g‘lu kasbdoshi Bayramovni, Tog‘li Qorabog‘dagi yutuqlari bilan tabrikladi

Chavusho‘g‘lu bilan Bayramov telefon orqali muloqat qildi.

1525287
Chavusho‘g‘lu kasbdoshi Bayramovni, Tog‘li Qorabog‘dagi yutuqlari bilan tabrikladi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu ozarbayjonlik kasbdoshi Jayhun Bayramovni, Tog‘li Qorabog‘da qo‘lga kiritilgan yutuqlari bilan tabrikladi.

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Chavusho‘g‘lu bilan Bayramov telefon orqali muloqat qilgan.  

Chavusho‘g‘lu unda ham kasbdoshi, ham da Ozarbayjon xalqini g‘alaba bilan tabriklab, Ozarbayjonning xursandchiligini teng bo‘lishganini qayd etgan.

Bayramov ham har doim Ozarbayjonning yonida bo‘lgan, yordamini hech qachon ayamagan, yaxshi – yomon kunlarida yolg‘iz qo‘ymagan turk xalqi va Chavusho‘g‘luga chuqur minnatdorchilik bildirgan.

Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ham telefon orqlai muloqat qildi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Chavusho‘g‘lu bilan Lavrov unda Yuqori Qorabog‘ masalasini qo‘lga olgan.



Aloqador xabarlar