Prezident Erdo‘g‘an: Mo‘jizaning nomi Ayda…

Prezident Erdo‘g‘an Izmirda yuz bergan yer silkinishidan 91 soat o‘tib, sog‘ – salomat qutqarilgan 4 yoshidagi Ayda Gezgin haqida post qoldirdi.

1521006
Prezident Erdo‘g‘an: Mo‘jizaning nomi Ayda…

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Izmirda yuz bergan yer silkinishidan 91 soat o‘tib, viloyatning Bayrakli tumanida yiqilgan “Riza Bey” nomidagi ko‘p qavatli bino ostidan sog‘ – salomat qutqarilgan 4 yoshidagi Ayda Gezgin haqida post qoldirdi.

Erdo‘g‘an Twitter hisobida qoldirgan postida, Aydaning fotosuratiga ham o‘rin berar ekan unga shu so‘zlarni qayd etdi:

“Mo‘jizaning nomi Ayda… 91 soat ortidan charoqlagan ko‘zlaring bilan birga barchamizga umid baxsh etgan Olloxga shukur. Gechmish olsun (“Yomonlik shu bilan otib ketgan bolsin” – degan ma’noni anglatadi.), chiroyli bolam…” – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vitse – prezident Fuat O‘ktay ham, ijtimoiy tarmoq orqali mavzu haqida:

“Chiroyli Ayda, hayotga tutindi.. Hikmati surishtirilmaydi, shukur.” – degandi.



Aloqador xabarlar