Turkiyaga xorijiy davlatlardan hamdardlik maktublari kelmoqda

Boliviya davlat rahbari Luis Katakora Izmirda ro’y bergan vayronkor zilzilada ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirdi.

1520028
Turkiyaga xorijiy davlatlardan hamdardlik maktublari kelmoqda

 

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va jamoat arboblaridan Turkiyaning Izmir shahrida sodir bo’lgan kuchli zilzila munosabati bilan hamdardlik maktublari kelmoqda.

Shu bilan birga zilzila talofatlarini bartaraf etishda ko’maklashish uchun yordam takliflari kelmoqda.

Boliviya davlat rahbari Luis Katakora Izmirda ro’y bergan vayronkor zilzilada ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirdi.

Yaponiya bosh vaziri Suga Yoshihida ham Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an nomiga maktub yo’lladi.

“Yaponiya hukumati va xalqi nomidan Izmirdagi zilzilada halok bo’lganlarning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etmoqchiman. Jabrlangan oilalarga tezda sog’ayib ketishini tilab qolaman!”,-deydi Yaponiya bosh vaziri Erdo’g’anga yo’llagan maktubida.

Somali bosh vaziri Muhammad Husayin Roble ham Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktayga qo’ng’iroq qilib, turk xalqiga ta’ziya bildirdi.

Argentina tashqi ishlar vazirligi ham Izmirdagi zilzilada ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Turkiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Bundan avval, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Ozarbayjon bosh vaziri Ali Asadov Turkiya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirib, har qanday yordamga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi.

Bundan tashqari, Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Michotakis Izmir va qo’shni davlat Gretsiya chegaralaridagi yunon orollarida ham sezilgan zilzilada ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Turkiyaga hamdardlik bildirdi. Uning ma’lum qilishicha, yunon orollarida ham ikki kishi halok bo’lgan.

Erdo’g’an va Michotakis suhbat chog’ida avvalo bir-biriga hamdardlik bildirishgan.

Fransiya ichki ishlar vaziri Gerald Darmanin Egey dengizi va yunon orollarida sodir bo’lgan zilzila tufayli Turkiya va Gretsiyaga hamdardlik bildirdi.

“Fransiya ushbu vayronkor zilzila talofatlarini bartaraf etishda turk va yunon xalqlariga madadkor. Agar-da, Turkiya va Gretsiya hukumatlari yordam talab qilsa, Fransiyadan darhol ko’mak yetkaziladi”,-deb yozdi Gerald Darmanin twitterda.

Yevroittifoq kengashi rahbari Charlez Michel ham Turkiya va Gretsiyaga hamdardlik bildirdi.

“Egey dengizida Gretsiya va Turkiya sohillarida ro’y bergan kuchli zilzila oqibatlarini yaqindan kuzatib turibmiz. Qalbim zilziladan jabrlangan xalq bilan birga. Yevroittifoq yordamga tayyor!”,-dedi Charlez Michel twitterda.

Eslatish joizki, 30 oktyabr soat 14:51da Turkiyaning Izmir shahri Seferihisar tumanida 6.6 bal zilzila ro’y berdi. Zilzila oqibatida qurbonlar soni 83 nafarga yetdi. Zilzila Istanbul, Edirne, Kirklareli va Tekirdag’ viloyatlarida ham sezilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #hamdardlik , #Turkiya

Aloqador xabarlar