Turkiyaning Izmir shahridagi zilzila qurbonlari soni 55 nafarga yetdi

Zilziladan eng og’ir talofat ko'rgan Bayrakli tumanida vayron bo’lgan 8ta binoda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.

1519629
Turkiyaning Izmir shahridagi zilzila qurbonlari soni 55 nafarga yetdi

 

Turkiyaning Izmir shahrida ro’y bergan zilzila qurbonlari soni 55 nafarga yetdi.

Bu haqda mamlakat sog’liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja ma’lum qildi.

Sog’liqni saqlash vazirining qo‘shimcha qilishicha, vayronalar ostidan 103 kishini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lingan. Zilzilada jarohatlangan 896 kishidan 214 nafari shifoxonaga yotkizilgan.

Ayni vaqtda, zilziladan eng og’ir talofat olgan Bayrakli tumanida vayron bo’lgan 8ta binoda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.

Eslatish joizki, 30 oktyabr soat 14:51da Egey dengizi sohilida joylashgan Seferihisar tumaniga 17 km masofada 6.6 bal zilzila ro’y bergandi. Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lum qilishicha, zilzila o’chog’i yerning 16.54 km tubida joylashgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Izmir , #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar