Turkiyada bugun “Respublika bayrami” tantanali ravishda nishonlanmoqda

Respublikaning e’lon qilinishining 97 – yilligi mamlakatda, chet eldagi vakolatxonalarda va Shimoliy Kipr Turk Respublikasida tantanali ravishda nishonlamoqda.

1517969
Turkiyada bugun “Respublika bayrami” tantanali ravishda nishonlanmoqda

Respublikaning e’lon qilinishining 97 – yilligi mamlakatda, chet eldagi vakolatxonalarda va Shimoliy Kipr Turk Respublikasida tantanali ravishda nishonlamoqda.

Poytaxt Anqaradagi ilk marosim Anitqabrda bo‘lib o‘tadi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an va hamrohligidagi hay’at Ataturk maqbarasiga gulchambar qo‘yadi.

Anitqabrdan song marosim Prezidentlik kulliyasida davom etadi. Unda Prezident Erdo‘g‘an 29 – oktabr tabriklarini qabul qiladi. Erdo‘g‘anning bu maxsus kun munosabati bilan Beshtepada “Milliy kurash ko‘rgazmasi”ni ham ochib berishi kutilmoqda.

Katta bayram poytaxtda “Respublika bayrami korteji” bilan davom etadi. Turkiya Buyuk Millat Majlisida boshlaydigan marosim yurishi, Birinchi majlisda o‘z nihoyasiga yetadi.   

29 – oktabr Respublika bayrami marosimi tufayli poytaxtda ba’zi asosiy yo‘llar xizmatga bekitiladi.

29 – oktabr Respublika bayrami marosimi bu bilan cheklanib qolmaydi.

Aloqalar bo‘limi tomonidan Antaliyaning Patara qadimiy shahrida Prezidentlik Senfoni orkestrida ham Turkiya vaqti bilan soat 19:23 da “Buyuk Respublika” konserti uyushtiriladi.

Shuningdek O‘rta yer dengizida 97 nafar g‘avvos bilan maxsus suv osti yoruqlik namoyishi uyushtiriladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Respublika bayrami , #Respublika

Aloqador xabarlar