Anqarada turli nodavlat notijorat tashkilot vakillari va a’zolari Fransiyani qoraladi

Poytaxt Anqarada turli nodavlat notijorat tashkilot vakillari va a’zolari Fransiyani qoraladi.

1517788
Anqarada turli nodavlat notijorat tashkilot vakillari va a’zolari Fransiyani qoraladi

Poytaxt Anqarada yig‘ilgan turli nodavlat notijorat tashkilot vakillari va a’zolari, islom dinining suyukli payg‘ambari Hz. Muhammad va musulmonlarni nishonga olgan munosabati tufayli Fransiyani qoraladi.

Fransiyaning Anqaradagi elchixonasi oldida yig‘ilgan ko‘pchilik, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va o‘lkasiga qarshi shiorlar aytdi.

Takbir va salovat ham aytgan guruh shiorlarida, “Dunyonnig eng buyuk balosi Makronavirus”, “Fashizm Yevropaning san’atidir”, “O‘zimiz, so‘zimiz, butun borlig‘imiz bilan Payg‘ambarimiz yo‘lidamiz.” – dedi.  

Ortidan o‘qilgan bayonotda,

Musulmonlarning faqatgina Hazrati Muhammadni emas ayni vaqtda boshqa payg‘ambarlarni ham hurmat qilgan ishonchga mansub ekanliklari qayd etildi.

Hazrati Muhammadga hurmatsizlik qilish bilan boshlagan harakatning, butun musulmonlar va Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anni ham nishonga olganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, bu dushmanlikning bir kunmas bir kun o‘z egalarini qurshab olishining ham to‘liq mumkin ekani ifoda etildi.  

Bayonotda,

“Yana bir bor ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Yagona istagimiz dinimiz, qadriyatlarimiz, suyukli Payg‘ambarimiz, xalqimiz va uning vakili prezidentimizga hurmat bilan muomala qilinishidir. Fransiya bosh bo‘lish bilan birga, irqchilik va islom dushmanligi avj olgan Yevropa davlatlarining hammasini shu borada samimiy hisob – kitob qilishga chaqiramiz. Islom dini va payg‘ambarini jonidan ortiq ko‘rgan musulmonlar sifatida, ko‘rsatgan hurmatsizliklari va ochiq – oydin yuritgan ig‘vogarchiliklari uchun Fransiyani keskin qoralaymiz.” – degan ifodalarga o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar