Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Qozog‘istonda

Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda.

1516096
Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Qozog‘istonda

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Qozog’iston bilan ham harbiy mashq, hamkorlik ham da mudofaa sanoati masalasida mavjud munosabatlarining ortishining davom etishini qayd etdi.  

Hulusiy Akar, amaliy tashrif bilan Qozog’izston poytaxti Nur Sultonda Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev bilan vazirlikda o’zaro uchrashuv o’tkazdi.

Ortidan ikkala vazir hay’atlararo uchrashuvlarga yetakchilik qildi.

Hay’atlararo uchrashuvlar oldidan bayonotlar bergan Hulusiy Akar, Qozog’iston mustahkam tus olgan ikki masalaga e’tibor qaratgan holda,

“Ham harbiy mashq, hamkorlik ham da mudofaa sanoati masalasida mavjud munosabatlarning ortgan holda davom etishiga, buning esa mamlakatlarimiz va qurolli kuchlarimiz uchun foydali bo’lishiga ishonchim komil”. – dedi.

Mintaqadagi vaziyatga qaramay imkon topib Qozog’istonga kelgan Akarga minnatdorchilik bildirgan Yermekbayev ham,

“Do’st va qardosh o’lkalar sifatida munosabatlarimizni bundan da rivojlantirishimiz darkor”. – deya gapirdi.

Ochilish nutqi ortidan boshlagan hay’atlararo uchrashuv, matbuotga yopiq ravishda davom etdi.

Uchrashuv yakunida vazirlikning Faxriy daftarga qo’l qo’ygan Akar, Yermekbayev bilan ijobiy va konstruktiv tusda uchrashuv o’tkazganini bildirdi.



Aloqador xabarlar