Indoneziya mudofaa vaziri Prabovo Subianto Turkiyaga tashrif buyurdi

Indoneziya mudofaa vaziri Prabovo Subianto Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarning taklifiga binoan poytaxt Anqaraga keldi. Hulusi Akar oliy martabali mehmonni vazirlik qarorgohida harbiy marosim bilan kutib oldi.

1514795
Indoneziya mudofaa vaziri Prabovo Subianto Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Indoneziya mudofaa vaziri Prabovo Subianto Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarning taklifiga binoan Turkiyaga tashrif buyurdi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Indoneziya mudofaa vaziri Prabovo Subianto Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarning taklifiga binoan poytaxt Anqaraga keldi. Hulusi Akar oliy martabali mehmonni vazirlik qarorgohida harbiy marosim bilan kutib oldi.

Ikki yetakchi dastlab o’zaro uchrashuv amalga oshirdi, so’ngra keng doiradagi hay’atlararo uchrashuvlarga boshchilik qildi.

Uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Indoneziya o’rtasida mudofaa sanoati bo’yicha hamkorlik va boshqa mintaqaviy dolzarb masalalar muhokama qilindi.

 



Aloqador xabarlar