Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an oliy martabali mehmonni Istanbuldagi Vahdettin ko’shkida kutib oldi. Davlat rahbarlari o’rtasidagi o'zaro uchrashuv Turkiya vaqti bilan soat 15:00da matbuotga yopiq shaklda boshlandi.

1510463
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning taklifiga binoan bugun Turkiyaga tashrif buyurdi.

Bu haqda Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an oliy martabali mehmonni Istanbuldagi Vahdettin ko’shkida kutib oldi. Davlat rahbarlari o’rtasidagi o'zaro uchrashuv Turkiya vaqti bilan soat 15:00da matbuotga yopiq shaklda boshlandi.

Avval ta’kidlanganidek, davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar kun tartibidagi dolzarb masalalarni batafsil ko'rib chiqadilar. Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashadilar.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Vladimir Zelenskiy , #Ukraina

Aloqador xabarlar