Erdo‘g‘an: Makronning “Islom inqirozda” deyishi, hurmatsizlikka qaraganda ko‘proq ig‘vogarchilikdir.

Erdo‘g‘an poytaxt Anqaradagi Beshtepa Xalq kongress va madaniyat markazida Jome’ masjidlar va din xodimlari haftasi dasturida ishtirok etdi.

1503964
Erdo‘g‘an: Makronning “Islom inqirozda” deyishi, hurmatsizlikka qaraganda ko‘proq ig‘vogarchilikdir.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, (Fransiya Prezidenti Emmanuel) Makronning musulmonlar ko‘p yashagan shaharlardan birida bergan bayonotida, “Islom inqirozda” deyishi, hurmatsizlikka qaraganda ko‘proq ig‘vogarchilikdir.” dedi.

Erdo‘g‘an poytaxt Anqaradagi Beshtepa Xalq kongress va madaniyat markazida Jome’ masjidlar va din xodimlari haftasi dasturida ishtirok etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, unda so‘zlagan nutqida,

“Ayasofiya qarori orqali Turkiya, mustaqilligi ustidagi soyadan qutilib, o‘z irodasiga taqilgan kishandan ozod bo‘ldi.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiyaning din, haq va erkinliklar masalasida o‘rnak davlatligini lekin g‘arbning buning aksi ekanini belgilab o‘tgan Erdo‘g‘an, bugungi kunda bir necha g‘arb davlatida irqchilik va islom diniga qarshi dushmanlik shaxsan davlat tomonidan himoya qilinganini ta’kidladi.

Prezident,

“Irqchilik va islom diniga qarshi dushmanlikni (noto‘g‘ri ekanini) anglab yetish o‘rniga (insonlarni) yo‘ldan adashtirganlar, eng katta yomonlikni o‘z xalqiga qilmoqdalar.” dedi. 

“Musulmonlarga qarshi hujum qilish yevropalik siyosatchilarning, o‘z muvaffaqiyatsizligini bekitish uchun foydalanilgan muhim vositaga aylandi.” degan Erdo‘g‘an o‘z so‘zini:

“Makronning musulmonlar ko‘p yashagan shaharlardan birida bergan bayonotida, ‘Islom inqirozda’ deyishi, hurmatsizlikka qaraganda ko‘proq ig‘vogarchilikdir. Shaxsining bundan buyon mustamlakachi gubernatordek emas mas’uliyatli davlat arbobi sifatida harakat qilishini kutamiz. Fransuz Davlat rahbari sifatida, islom dinining qayta tiklanishi kerakligi haqida gapirishi hadsizlik, tarbiyasizlikdir.” deya yakunladi.



Aloqador xabarlar