Erdo‘g‘an: “Turk yoshlariga buyuk, kuchli va boy Turkiya meros qoldirishda qarorlimiz.”

Erdo‘g‘an, mamlakatning Hatay viloyatida bugun xizmatga ochilgan Reyhanli to‘g‘oni haqida Twitter hisobida post qoldirdi.

1502265
Erdo‘g‘an: “Turk yoshlariga buyuk, kuchli va boy Turkiya meros qoldirishda qarorlimiz.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an turk yoshlariga buyuk, kuchli va boy Turkiya meros qoldirishda qarorli ekanliklarini qayd etdi.

Erdo‘g‘an, mamlakatning Hatay viloyatida bugun xizmatga ochilgan Reyhanli to‘g‘oni haqida Twitter hisobida post qoldirdi

Prezident Erdo‘g‘an unda,

“Bugun ochilish marosimi bo‘lgan Reyhanli to‘g‘onining yurtimiz, xalqimiz va shahrimizga hayrli bo‘lishini tilayman.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

“Reyhanli to‘g‘oni Amik tekisligining toshqinlardan himoya qilinishini va sug‘orilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga tuproqlarimizning barakasini orttiruvchi muhim sarmoyadir. Turkiyaning dunyodagi inqiroz markazlarining qoq o‘rtasida joylashishiga qaramay sog‘lom qolishi, birlik va birdamlik kuchi oldidagi har tarmoqning mustahkam infratuzilmasiga bog‘liqdir. Yoshlarimizga 2053 rejalarini amalga oshira olishlari uchun buyuk, kuchli va boy Turkiyani meros qoldirmoqchimiz.”

Prezident Erdo‘g‘an Twitterdagi postida, Reyhanli to‘g‘oni haqidagi ma’lumotlarga ham o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar