Mavlud Chavusho'g'li Ozarbayjon va Rossiya tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi

Ma'lumotga ko'ra, yetakchilar suhbat chog'ida bugun tongda Armanistonning Ozarbayjon chegara hududiga nisbatan sodir etgan hujumi va buning oqibatlari muhokama qilingan.

1498119
Mavlud Chavusho'g'li Ozarbayjon va Rossiya tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, ikki yetakchi suhbat chog'ida bugun tongda Armanistonning Ozarbayjon chegara hududiga nisbatan sodir etgan hujumi va buning oqibatlari muhokama qilingan.

Ayni vaqtda, Mavlud Chavusho'g'li Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramon bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Muloqotda Armanistonning chegarada sodir etgan jangovar harakatlari va bunga qarshi javob choralari muhokama qilingan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon , #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar