Turkiya Liviya qurolli kuchlarini mustahkamlashga yordam beradi

“Turkiya bilan hamkorlikda qurolli kuchlarimizni qayta shakllantirish, salohiyatini oshirish, havo mudofaasi, terrorizmga qarshi kurash va maxsus kuchlarni rivojlantirish bo’yicha qo’shma dastur amalga oshirishni boshladik”,-dedi Liviya mudofaa vaziri.

1494285
Turkiya Liviya qurolli kuchlarini mustahkamlashga yordam beradi

 

Liviya mudofaa vazirligi Turkiya bilan hamkorlikda mamlakat qurolli kuchlarini rivojlantirish va mustahkamlash bo’yicha dastur ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

Bu haqda Liviya mudofaa vaziri Salohiddin an-Nemrush facebookdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, Liviyada milliy kelishuv hukumatini qo’llab-quvvatlagan Turkiya bilan ushbu masala yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.

“Turkiya bilan hamkorlikda qurolli kuchlarimizni qayta shakllantirish, salohiyatini oshirish, havo mudofaasi, terrorizmga qarshi kurash va maxsus kuchlarni rivojlantirish bo’yicha qo’shma dastur amalga oshirishni boshladik”,-deb yozadi Liviya mudofaa vaziri facebookdagi sahifasida.

Uning so’zlariga ko’ra, asosiy maqsad xalqaro standardlarga mos kuchli qo’shin tashkil etishdir. Shu maqsad bilan poytaxt Tripoli g’arbida harbiy ta’lim markazi tashkil etilmoqda.

Eslatish joizki, Liviya mudofaa vaziri 17 avgustdagi bayonotida Liviyaning harbiy tashkilotlarini qayta shakllantirish yo’lida Liviyaga yordam berish bo’yicha Turkiya va Qatar mudofaa vazirlari bilan kelishib olinganligini ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #Turkiya

Aloqador xabarlar