Erdo'g'an:"Dunyo pandemiya tufayli murakkab davrga qadam bosdi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an global xatar - COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash ketayotgan bir davrda Turkiyada na sog'liqni saqlash tizimi cho'kishiga, na iqtisodiyoti zarar ko'rishiga yo'l qo'yganligini ma'lum qildi.

1486447

Erdo'g'an bu so'zlarni Beshtepa millat kongressi va madaniyat markazida Turkiya sug'urta tarmog'i tanituv marosimida so'zlagan nutqida tilga oldi.

"Ko'plab davlatlarning poydevori ushbu pandemiyaga qarshi kurashga tayyor emas edi. Moddiy jihatdan bizdan ustun bo'lgan mamlakatlar sog'liqni saqlash tizimi bo'yicha katta qiyinchiliklarga uchradilar. Dunyo yangi murakkab davrga qadam bosdi",-deb aytgan Turkiya prezidenti.

AQSh, Germaniya, Yaponiya va Buyuk Britaniya kabi yirik davlatlar pandemiya oqibatlaridan salbiy ta'sirlanganligini bildirgan Erdo'g'an: "Bu jarayondan biz ham salbiy ta'sirlanganimiz oshikor, biroq boshqa davlatlarga nisbatan buni eng quyi darajada ushlab turishni uddaladik",-dedi.

Prezidentning ta'kidlashicha, butun dunyoda investitsiya to'xtash darajasiga yetgan bir davrda, Turkiya iqtisodiyoti investitsiyalarni jadal sur'at bilan davom ettirib, davlat iqtisodiyotini o'z yo'liga tushirdi. Shuningdek, epidemiya davrida yangi imkoniyatlar eshigi ochildi, bu jarayondan boshqa sohalar ko'magida iqtisodiyot yana-da mustahkamlanadi.

Aloqador xabarlar