Turkiya Meis oroliga qo’shin joylashtirgani iddao qilingan Gretsiyani ogohlantirdi

Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Akso’y Meis oroli 1947 yilda imzolangan Parij tinchlik bitimi asosida quroldan tozalangan hudud statusiga ega ekanligini eslatdi.

1481923
Turkiya Meis oroliga qo’shin joylashtirgani iddao qilingan Gretsiyani ogohlantirdi

 

Turkiya Meis oroliga qo’shin joylashtirgani iddao qilingan Gretsiyani ogohlantirdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Akso’y ma’lum qildi.

Uning eslatishicha, Meis oroli 1947 yilda imzolangan Parij tinchlik bitimi asosida quroldan tozalangan hudud statusiga ega.

“Agar, matbuotda tarqalgan xabarlar to’g’ri bo’lsa, bu Gretsiyaning huquqqa bo’y sunmasligini va sharqiy O’rta yer dengizidagi qora niyatini ko’rsatadi”,-deb aytgan Hami Akso’y.

Orolning statusini noqonuniy ravishda o’zgartirishga qaratilgan harakatlarni qat’iyan qoralagan Hami Akso’y: “Sohillarimiz ro’baro’sida bunday provokatsiyaga yo’l qo’ymaymiz. Bunday provokativ harakatlar Gretsiyaga foyda keltirmaydi. Agar, Gretsiya keskinlikni avj oldiruvchi faoliyatlarni davom ettiradigan bo’lsa, katta zararga uchraydi. Turkiya xalqaro huquq asosida o’z manfaatlarini oxirigacha himoya qilishga qat’iy”,-dedi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Meis oroli , #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar