Mevlut Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Venesuelada

Chavusho‘g‘lu bilan Arreaza ikkala mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlik, madaniy markazlar, arxivlararo hamkorlik kabi shartnomalarga qo‘l qo‘ydi.

1475496
Mevlut Chavusho‘g‘lu amaliy tashrif bilan Venesuelada

Amaliy tashrif bilan hozirda Venesuelada bo‘lgan Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu u yerda kasbdoshi Jorge Arreaza bilan savdo, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va turizm kabi bir necha tarmoqda ikkala mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘lga olganliklarini esaltib o‘tgan holda,

“Yaxshi ishlar qildik lekin bundan ham yaxshisini qilishimiz kerak.” dedi.

Chavusho‘g‘lu bilan Jorge Arreaza mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi. Unda Chavusho‘g‘lu,

“Pandemiyadan keyin hamkorligimiz yana da yaxshilandi. O‘tgan yili, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning buyrug‘iga muvofiq ikki turk shifokor Venesuelaga bordi va u yerda kasbdoshlari bilan birga o‘lkaning sog‘likni saqlash tarmog‘i haqida bir yo‘l xaritasi tayyorladi.” deya gapirdi. 

Chavusho‘g‘lu Turkiya ta’minlagan ta’mir va tibbiy ashyolar yordamining Venesuela xalqining xizmatiga taqdim etilishidan xursand ekanligini bildirdi.

Tashrifi chog‘ida Chavusho‘g‘lu venesuelalik kasbdoshi bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazganini belgilab o‘tgan holda,

“Savdo, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, turizm kabi bir necha tarmoqda ikkala mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni qanday mustahkamlash va rivojlantirish masalasini qo‘lga oldik.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turkiyadagi xususiy tarmoqning Venesuelaga investitisiya kiritish niyatida ekanligini ifoda etgan Chavusho‘g‘lu, savdo va investitsiya masalasini ham baholaganliklarini bildirdi.

Chavusho‘g‘lu Covid – 19 pandemiyasiga qaramay ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmining, o‘tgan yilning huddi shu davriga nisbatan bu yilning ilk 6 oyida uch barobarga ortganini ta’kidladi.

Ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishiga e’tibor qaratgan Chavusho‘g‘lu,

“Bugungacha yaxshi ishlar qildik lekin bundan ham yaxshilarini qilishimiz kerak.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘lu, Turk xavo yo‘llarining Karakas qatnovlarini takror boshlatishini xohlaganini ham bildirdi.

Anjuman yakunida Chavusho‘g‘lu bilan Arreaza ikkala mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlik, madaniy markazlar, arxivlararo hamkorlik kabi shartnomalarga qo‘l qo‘ydi.



Aloqador xabarlar