Mavlud Chavusho’g’li Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlariga maktub yo'lladi

Gretsiyaning talabiga binoan bugun favqulodda to’planadigan Yevroittifoq tashqi aloqalar kengashi yig’ilishi oldidan yuborilgan ushbu maktubda sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar va Turkiyaning bunga munosabati yozilgan.

1472616
Mavlud Chavusho’g’li Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlariga maktub yo'lladi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlari va Yevroittifoqning tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati bo’yicha maslahatchisi Jozef Borrellga maktub yo’lladi.

Gretsiyaning talabiga binoan bugun favqulodda to’planadigan Yevroittifoq tashqi aloqalar kengashi yig’ilishi oldidan yuborilgan ushbu maktubda sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar va Turkiyaning bunga munosabati yozilgan.

Shuningdek, Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining hamkorlik chaqiruvlariga qaramay, Gretsiya va Janubiy Kipr Rum boshqaruvi bugungacha bir tomonlama tashabbuslari bilan Turkiyani chetlashtirish rejasiga e’tibor qaratilgan.

Ma’lumki, Gretsiya Turkiya bilan muzokaralar davom etar ekan, 6 avgustda Misr bilan shartnoma imzoladi. Mazkur shartnoma Turkiya va Liviyaning dengiz shelfini oyoq osti qilgan dengiz yurisdiktsiyasini cheklashni ko’zda tutgan.

Natijada Gretsiya Turkiya bilan haqqoniy va samimiy hamkorlik qilishga xohishsiz ekanligini ko’rsatdi.

Shu sababli, Mavlud Chavusho’g’li Turkiya-Yevroittifoq munosabatlari Gretsiya va Janubiy Kipr Rum boshqaruvining nojo’ya harakatlaridan zarar ko’rmasligi kerakligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Yevroittifoqqa a’zo davlatlarni Turkiyaga nisbatan haqsizlikni to’xtatishga chaqirdi.

Bundan tashqari, Mavlud Chavusho’g’li Bolgariya, Estoniya, Finlyandiya, Italiya, Litva, Vengriya va Ruminiya tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ma’lumotga ko’ra, BMT bosh kotibi Antonio Guterres, BMT xavfsizlik kengashiga doimiy a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari va NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergga ham Turkiyadan ushbu mazmunda maktub yuboriladi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #O’rta yer dengizi , #Turkiya

Aloqador xabarlar