Panja – Qaplon amaliyotida tan jarohati olgan xavfsizlik qoriqchisi shahid bo‘ldi

Panja – Qaplon amaliyotida tan jarohati olgan xavfsizlik qoriqchisi, kasalxonada shahid bo‘ldi.

1472125
Panja – Qaplon amaliyotida tan jarohati olgan xavfsizlik qoriqchisi shahid bo‘ldi

Iroqning shimolidagi terror obyektlariga qarshi olib borilgan Panja – Qaplon amaliyotida tan jarohati olgan xavfsizlik qoriqchisi, kasalxonada shahid bo‘ldi.

Shahid xavfsizlik qoriqchisi, 5 – avgustdan beri kasalxonada davolanayotgan edi.

Shuningdek Milliy Mudofaa vazirligi, Firot qalqoni (Suriyaning shimoli) amaliyoti olib borilgan hududga sizib kirib, hujum qilishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 2 terroristning yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Vazirlik Zaytun novdasi amaliyoti olib borilgan mintaqada (Suriyaning Afrin viloyati) terror faoliyatlari olib borganligi aniqlangan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 20 terroristning nazorat ostiga olinganini qayd etdi.

Ichki Ishlar vazirligi esa Hakkarining Yuksekova tumaniga qarashli Alanduz qishlog‘ida, jandarmeriya havodan qo‘llab – quvvatlagan amaliyotda, 3 terroristning qurollari bilan yo‘q qilinganini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar