Turkiya prezidenti Erdo’g’andan O’rta yer dengizi davlatlariga taklif...

“O’rta yer dengizidagi davlatlar sifatida barchamiz to’planaylik! Barchamizga to’g’ri keladigan va barchamizning huquqini himoya qiladigan yo’l topaylik!”,-deya taklif kiritgan Turkiya prezidenti.

1470521

Erdo’g’an vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng bergan bayonotida shu kunlarda tarangliklarga sabab bo’layotgan sharqiy O’rta yer dengizi bilan bog’liq mojarolarga doir murojaat bilan chiqdi.

Turkiya sharqiy O’rta yer dengizidagi kelishmovchiliklarni diplomatik muloqot yo’li bilan hal qilishga doimo tayyor ekanligini bildirdi.

“Turkiya hech kimning haqqiga, yeriga va dengiziga ko’z olaytirmaydi”,-deb aytgan prezident Erdo’g’an.

Turkiyani sohillariga qamal qilish tashabbusiga bo’yin egmasligini tilga olgan Erdo’g’an: “Biz shuni aytmoqchimizki, keling O’rta Yer dengizidagi barcha davlatlar to’planaylik! Barchaga to’g’ri keladigan yo’l topaylik!”,-dedi.

“Bu masalada adolat o’rnatilguniga qadar Turkiya sifatida diplomatik jihatdan o’z rejalarimizni amalga oshirishni davom ettiramiz”,-dedi Turkiya prezidenti.

Aloqador xabarlar