Erdo’g’an:"Pandemiya davrida 150 davlatga beg’araz yordam ko'rsatdik"

Prezidentning ta’kidlashicha, salomatlik sohasida amalga oshirilgan ulkan loyihalar va investitsiyalarning qadri ushbu murakkab kunlarda yana ham yaxshiroq bilindi.

1469947
Erdo’g’an:"Pandemiya davrida 150 davlatga beg’araz yordam ko'rsatdik"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an global xatar – COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash doirasida 150 davlatga beg’araz yordam ko’rsatganligini ma’lum qildi.

Prezident bu so’zlarni Kojaeli universiteti salomatlik muassasalari va tadqiqot markazlarining ochilish marosimida tilga oldi.

Prezidentning ta’kidlashicha, salomatlik sohasida amalga oshirilgan ulkan loyihalar va investitsiyalarning qadri ushbu murakkab kunlarda yana ham yaxshiroq bilindi.

“Shahar shifoxonalarimiz pandemiya davrida eng katta xizmat bergan salomatlik muassasalaridan biri bo’ldi. Biz bundan faxrlanamiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

“Shu kungacha hech bir bemor shifoxona eshigidan qaytarilmadi, hech bir bemorni muolajadan mahrum qilmadik. Qolaversa, pandemiya davrida 150 davlatga va 6ta xalqaro tashkilotga beg’araz yordam qatorida tibbiy vositalar va dori-darmon yubordik”,-dedi prezident Erdo’g’an.

 



Aloqador xabarlar