Siirtning Eruh tumaniga qarashli qishloqlarda PKKga qarshi amaliyot boshlatildi

Siirtning Eruh tumaniga qarashli qishloqlarda PKK terror tashkilotiga qarshi amaliyot boshlatildi.

1466620
Siirtning Eruh tumaniga qarashli qishloqlarda PKKga qarshi amaliyot boshlatildi

Turkiyaning Siirt viloyatining Eruh tumaniga qarashli qishloqlarda PKK terror tashkilotiga qarshi amaliyot boshlatildi.

Gubernatorlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra viloyat jandarmeriya qo‘mondonligi, Eruh tuman jandarmeriya qo‘mondonligi javobgarchiligidagi mintaqada ekanligi aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlarning yo‘q qilinishi, hamkorlarning qo‘lga tushirilishi, boshpana va omborxonalarni vayron qilish maqsadida amaliyot boshlatilgan.

Amaliyot olib borilgan mintaqadagi yurttoshlarning joni va mol – mulkiga ziyon yetkazmaslik maqsadida, tumanga qarashli Dadakli, Do‘nerdo‘ver, Dag‘do‘shu, Gulburnu va O‘zlupelit qishloqlarida Turkiya vaqti bilan soat 09:00 dan e’tiboran ikkinchi ma’lumot yetkazilgunga qadar ko‘chaga chiqishlar man etilgan. Shuningdek, qoidaga amal qilishlikning muhim ekanligi qayd etilgan. 


Tanlangan kalimalar: #Eruh , #Siirt , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar