Le Monde gazetasi, Prezident Erdo‘g‘anning Sevr shartnomasidan qasos olganligi haqida yozdi

Fransiyaning Le Monde gazetasi, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning Sevr shartnomasidan qasos olganligi haqida yozdi.

1466159
Le Monde gazetasi, Prezident Erdo‘g‘anning Sevr shartnomasidan qasos olganligi haqida yozdi

Fransiyaning Le Monde gazetasi, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning Sevr shartnomasidan qasos olganligi haqida yozdi.

Le Monde gazetasining “Yuz yil ortidan Erdo‘g‘anning Sevr shartnomasidan qasos olishi” degan sarlavha bilan chop etgan ma’lumotida Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Liviya Bosh vaziri Fayoz as – Sarroj shimoliy Afrika va O‘rta yer dengizida strategik o‘yinni o‘zgartira olish uchun unitilmas bir shartnomaga qo‘l qo‘ymoqchi ekanliklari, buning uchun esa ko‘rkamli va tarixiy joyga ehtiyojlari borligi qayd etildi.

Makon jihatidan (Istanbuldagi) Do‘lmabaxche saroyining mukammal joy ekanligi, bu yerda Erdo‘g‘an bilan Sarrojning 2019 – yilning noyabr oyidan 2020 – yilning fevral oyigacha to‘rt marotaba uchrashuv o‘tkazganligi ifoda etildi.

Tripoli hukumatining, Liviyaga bo‘lgan harbiy va logistika jihatidan yordami evaziga “Anqaraning O‘rta yer dengizining sharqidagi amallariga javob berishi borasida” dengizni cheklash printsipini qabul qilganligi aytilgan xabarda, Erdo‘g‘anning 2019 – yilning 16 – dekabrida Sarroj bilan Do‘lmabaxche saroyida bo‘lib o‘tgan ikkinchi uchrashuvi ortidan “Bu harbiy va energiya shartnomasi tufayli Sevr shartnomasini buzdik” deganligi eslatib o‘tilgan holda, Erdo‘g‘anning Sevr shartnomasidan qasos olgan bo‘lishi mumkinligi haqida fikrlar aytilgan.

Ma’lumotda Yevropa ittifoqi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarining Suriyada DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashish uchun YPG/ PKK terror tashkilotiga yordam berganligi ta’kidlandi.

(Fetullahchi terror tashkiloti FETTning) 15 – iyul (2016) dagi to‘ntarish tashabbusi ortidan Turkiyaning Suriya bilan bo‘lgan chegarasida PKK terror tashkilotiga qarshi qattiq kurash olib borganligi belgilab o‘tilgan xabarda,

“Erdo‘g‘an va muvaffaqiyatsiz to‘ntarish tashabbusidan keyingi o‘ta ong qanot sheriklari ko‘zida, masala yangi Sevr shartnomasidan qochishdir” degan ifodalarga o‘rin berildi.

Xabarda, Ayo Sofiya buyuk masjidining ibodatga ochilish kunining tasodif emasligi, 24 – iyul kunining Lozan shartnomasining 97 – yilligi ekanligi qayd etildi. 



Aloqador xabarlar