Turkiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish tarafdori...

Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Akso’y Ukraina sharqida o‘t ochish rejimini to‘xtatish borasidagi kelishuv va bunga Turkiyaning munosabati haqida ma’lumot berdi.

1462333
Turkiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish tarafdori...

 

Turkiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish tarafdori.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Akso’y Ukraina sharqida o‘t ochish rejimini to‘xtatish borasidagi kelishuv va bunga Turkiyaning munosabati haqida ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya Donbassda 27 iyuldan boshlab o‘t ochish rejimini to‘xtatish va bunga qo’shimcha ravishda zarur chora-tadbirlarni olish bo’yicha Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining uch tomonlama muzokara hay’ati ishtirokida tuzilgan kelishuvni olqishladi. Shuningdek, tomonlarning ushbu kelishuvga mos harakat qilishidan umidvorligini bildirdi.

“Turkiya Ukrainaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish va Minsk kelishuviga amal qilish asosida Donbassda tinchlik o’rnatish yo’lidagi sa’y-harakatlarni qo’llab-quvvatlaydi”,-dedi Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Akso’y.

Ma’lumki, tomonlar o’rtasida Donbassda o‘t ochish rejimini to‘xtatish borasidagi kelishuv 27 iyul kuni (00:01dan boshlab) kuchga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina sharqida Rossiya tarafdori bo’lgan qurolli guruhlar bilan Kiyev hukumati o’rtasida 2014 yildan buyon to’qnashuvlar davom etib kelayotgandi.



Aloqador xabarlar