Turkiyaning Van viloyatida harbiy samolyot halokatga uchradi

Aviahalokatda ikki uchuvchi va yetti nafar xavfsizlik boshqarmasi xodimi halok bo’ldi.

1456149
Turkiyaning Van viloyatida harbiy samolyot halokatga uchradi

 

Turkiyaning Van viloyatida harbiy samolyot halokatga uchradi.

Aviahalokatda ikki uchuvchi va yetti nafar xavfsizlik boshqarmasi xodimi halok bo’ldi.

Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu ma’lum qilishicha, ushbu voqea Turkiya vaqti bilan soat 03:00 atrofida Artos tog’ining 2200 m balandligidagi cho’qqisiga urilib, bo’linib ketgan.

Vazirning ta’kidlashicha, xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari voqea joyiga yetib borishgan. Ular qidiruv-qutqaruv operatsiyasini olib borishmoqda.

“Xizmat vaqtida halok bo’lgan shahidlarimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Turk xalqiga hamdardlik bildiramiz”,-deb aytgan ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu.

 


Tanlangan kalimalar: #aviahalokat , #Van , #Turkiya

Aloqador xabarlar