Prezident Erdo‘g‘an: “Shahidlarimizni ham, Srebrenitsa qatliomini ham unuttirmaymiz.”

Prezident Erdo‘g‘an, qatliomning 25 – yilligi munosabati bilan uyushtirilgan “Qurbonlarni yodga olish” marosimida videomuloqat orqali ishtirok etdi.

1453253
Prezident Erdo‘g‘an: “Shahidlarimizni ham, Srebrenitsa qatliomini ham unuttirmaymiz.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Bosniya va Gertsegovinaning sharqidagi Srebrenitsada, 1995-yilning iyul oyida qo‘l urilgan qatliom ortidan chorak asr o‘tishiga qaramay, shahidlar kuyitining hech o‘zgarmaganini, huddi kechagidek ekanligini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, qatliomning 25 – yilligi munosabati bilan uyushtirilgan “Qurbonlarni yodga olish” marosimida videomuloqat orqali ishtirok etdi.

Unda, tarixning eng alamli va uyatli sahifalaridan biri bo‘lgan Srebrenitsa qatliomi ortidan chorak asr o‘tishiga qaramay shahidlar kuyitining hech o‘zgarmaganini, huddi kechagidek ekanligini belgilab o‘tgan Erdo‘g‘an, topilgan har bir ommaviy mozor bilan yuraklarning takror alam va hasrat bilan yonganligini qayd etdi.

Mustaqil Bosniya va Gertsegovinaning birinchi Prezidenti marhum Aliya Izzetbegovichning, “Qatliomni aslo unutmang, unitilgan qatliom takrorlanadi” degan so‘zlarini esaltib o‘tgan Erdo‘g‘an,

“Shahidlarimizni ham, Srebrenitsa qatliomini ham unuttirmaymiz. Bosniyalik qardoshlarimizga qarshi qo‘l urilgan jinoyat va qatliomlar ortidan talab qilingan haq – huquq va adolat yo‘lida sizni aslo yolg‘iz qo‘ymaymiz.” deya gapirdi.  

Ana shuncha fojia, qatliom va ko‘z yoshiga qaramay yevropalik siyosatchilarning Srebrenitsa qatliomidan hech saboq olmaganiga e’tibor qaratgan Prezident Erdo‘g‘an, islom dushmanligini kavlagan, chet elliklarga qarshi ko‘z qarashni qo‘llab – quvvatlagan so‘z va bayonotlardan haligacha foydalanilishining kelajak uchun buyuk andisha yaratishini ta’kidladi.

“Yana bir bor shunga o‘xshash fojialarga duch kelmaslik uchun xalqaro tashkilotlar oldida bizlarga ham katta javobgarchilik yuklanmoqda” degan Prezident Erdo‘g‘an, o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Asrlar davomida bag‘rikenglik va tinchlikning eng ajoyib o‘rnaklarini bergan madaniyat vakilimiz. Turli ko‘z qarashga tayangan etnik, madaniy va mazhab masalasining bizni bo‘lishiga, bizni bir – birimizga dushman qilishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Adolat uchun biz olib borgan kurashda o‘zimizga to‘g‘ri bo‘lsak unda kuchlimiz degan ishonch bilan qadam tashlashimiz darkor. Turkiya va turk xalqining yordami Bosniya va Gertsegovina bilan birga ekanligini takror ta’kidlab o‘tmoqchiman. Srebrenitsa shahidlariga Olloxdan rahmat, oilalari, yaqinlari va mana shu kuyitni chin qalbidan his qilgan barchaga sabr tilayman.”

 

 



Aloqador xabarlar