Altun, Ayasofiya masalasini, “Diniy erkinlik jihatidan bir g‘alaba hisoblanadi.” deb baholadi

Faxrettin Altun, Ayasofiya jome’ masjidining ibodatga ochilishini “Diniy erkinlik jihatidan bir g‘alaba hisoblanadi” degan so‘zlar bilan baholadi.

1453344
Altun, Ayasofiya masalasini, “Diniy erkinlik jihatidan bir g‘alaba hisoblanadi.” deb baholadi

Prezidentlik apparatining aloqalar bo‘limi rahbari Faxrettin Altun, Ayasofiya jome’ masjidining ibodatga ochilishini “Diniy erkinlik jihatidan bir g‘alaba hisoblanadi” degan so‘zlar bilan baholadi.

Faxrettin Altun mavzu haqida, ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali ingiliz tilida post qoldirdi.

Altun, Turkiyaning Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida Vandagi “Akdamar” cherkovi bilan Edirnedagi buyuk sinagogni qayta tiklab, tarixiy ramzlar qatoriga qo‘shganini eslatdi.

Ayasofiya jome’ masjidining eshiklari dunyodagi hammaga ochiq bo‘lishini eslatib o‘tgan Altun, madaniy merosning himoya qilinishi va ulug‘lanishini qayd etdi.

Altun shuningdek,

“Barcha din a’zolari Sultanahmad va boshqa jome’ masjidlarida bo‘lganidek Ayasofiya jome’ masjidiga ham kelishni davom ettiradi” dedi.



Aloqador xabarlar