Chavushog'lu: "Buyuk Britaniya bilan erkin savdo bitimi imzolashga juda yaqinmiz" dedi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Turkiya bilan Angliya o’rtasidagi sanoat mahsulotlari qishloq xo’jalik mahsulotlari va xizmatlarini qamrab oladigan erkin savdo shartnomasini imzolash uchun juda yaqin ekanligini bildirdi.

1452807

Chavushog'lu chorshanba kuni Londonga qilgan tashrifi chog'ida Financial Times gazetasiga bergan intervyusida, tomonlar o'rtasida kelishuv borasida kelishmovchiliklar mavjud emasligini, ammo ba'zi texnik masalalarni hal qilish kerakligini ta'kidladi.

" Eekin savdo bitim muzokaralari  juda yaxshi ketmoqda va biz yakunlash arafasida turibmiz",- dedi u.

" Ikki tomonlama savdo hajmimizga nazar tashlasangiz, uning 95 foizini sanoat mahsulotlari tashkil etadi va biz bu borada kelishib oldik. 5 foizi qishloq xo'jaligi mahsulotlari va xizmatlar tashkil etmoqda” deya qayd etdi.

Angliya, Turkiyaning "strategik ittifoqchisi" Brexitdan keyingi davrda Angliya (mamlakatning Yevropa Yevropa  Ittifoqidan chiqib ketishi) bilan birgalikda Chavushoğlining o'zaro savdo hajmini oshirishga kelishib olganliklarini va bu doirada 20 milliard dollarlik maqsadni aniqlaganliklarini aytdi.

Erkin savdo kelishuviga qo'shimcha ravishda, Chavushog'lu, Turkiya fuqarolariga Buyuk Britaniyada biznesga  boshlashga imkon beradigan Anqara shartnomasiga (1963) o'xshash yana bir kelishuvni muhokama qilganliklarini ta'kidladi.

Aloqador xabarlar